1

2 304 nafar bemordan 368 nafari og`ir, 179 nafari esa o`ta og`ir ahvolda

Jamiyat 05.09.2020, 00:24
2 304 nafar bemordan 368 nafari og`ir, 179 nafari esa o`ta og`ir ahvolda

SSV ma`lum qilishicha, shu yilning 4 sentyabr kuni mamlakatimizda 278 holatda kasallik qayd etildi.  

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Afsuski, bugun mamlakatimizda koronavirus qayd etilganlar soni sog`ayganlar sonidan ko`p bo`ldi. Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg`ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 256 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 075 nafar bemordan 40 432 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 304 nafar bemordan 368 nafari og`ir, 179 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1