AsosiyJamiyat

Masofadan o`qitiladigan bolalarning ota-onalari uchun tavsiyalar

'Masofadan o`qitiladigan bolalarning ota-onalari uchun tavsiyalar'ning rasmi

Xalq ta`lim vazirligi masofadan o`qitiladigan bolalarning ota-onalari uchun tavsiyalar e`lon qildi.

Hurmatli ota-onalar, agar Siz farzandingiz uchun masofadan o`qitish shaklini tanlagan bo`lsangiz, Sizga maslahatlarimizga e`tibor berishingizni tavsiya etamiz.

Avvalo, siz o`zingiz va bolangiz uchun odatiy kun tartibini belgilab, unga rioya qilishingiz kerak (uxlash va uyg`onish vaqti, darslarning boshlanish vaqti, ularning davomiyligi, “tanaffuslar” va boshqalar).

Kundalik hayotning keskin o`zgarishi bolaning moslashish imkoniyatlarida sezilarli o`zgarishlarni keltirib chiqarishi hamda keraksiz stress va zo`riqishlarga olib kelishi mumkin.

Ota-onalar va bolaning oila a`zolari sodir bo`layotgan voqealarga xotirjam, adekvat munosabatni saqlashga harakat qilishlari muhimdir.

Bolaning hissiy holati to`g`ridan-to`g`ri kattalar (ota-onalar, qarindoshlar) holatiga bog`liq. Boshqa mamlakatlardagi ota-onalarning tajribasi shuni ko`rsatadiki, o`zini izolyasiya qilish rejimiga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo`ladi va bu normal jarayon hisoblanadi.

O`zingizni xotirjam tuting, vazmin bo`ling, bolalarning virusga oid savollariga javob berishdan qochmang va hokazo, ammo pandemiya holati va uning xavf-xatarlari haqida uzoq munozaralarga sho`ng`imang.

Bolalar uchun masofaviy ta`limni tashkil etish bo`yicha maktabdan olgan tavsiyalaringizni yaxshi tushunib olishga harakat qiling.

Siz faqat sinf o`qituvchisi va maktab ma`muriyatidan olgan rasmiy ma`lumotlarga amal qiling.

Ushbu jarayonni tashkil etishda maktab ma`muriyati uchun ham vaqt talab etiladi, shuning uchun sizning bu vaziyatni tushungan holda munosabat bildirishingiz bebaho yordam bo`lishi mumkin, bu esa ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir qiladi.

"Vaziyatni tushunganingiz va qo`llab-quvvatlaganingiz uchun oldindan rahmat" deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar