Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari Bahodir Umrzoqov AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.
«Bu yilgi paxta mavsumida mehnat qonunchiligiga, Xalqaro mehnat tashkilotlari tomonidan bildirilgan tavsiyalarga qat`iy amal qilinadi, majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo`l qo`yilmaydi.
O`tgan yillari majburiy va bolalar mehnati bilan bog`liq holatlar kuzatildi. Biroq bu yil bunga jiddiy qaraymiz.
Paxta terimiga ishchilar shartnoma asosida, ko`ngilli ravishda jalb qilinadi. Birorta yollanma ishchi shartnoma tuzmasdan turib paxta dalasiga chiqarilmaydi»,
— dedi Umrzoqov.






