Shaxsan men korrupsioner amaldorlarning amnistiya qilinishi va ularni ish uchun qayta tiklanishlariga qarshiman. Lavozim jinoyatlari, ayniqsa poraxo`rlik uchun jazo boshqalarni bu yo`ldan qaytaruvchi namuna bo`lishi kerak.
O`zbekistonda korrupsiyaning rivojlanishiga ta`sir qiluvchi uchta asosiy omil mavjud:
— etarli bo`lmagan ochiqlik va ma`lumotning yo`qligi;
— fuqarolik jamiyati ishtirokining etishmasligi;
— jazosiz qolish hissi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovning yuqoridagi fikrlari va taklifi "Deputatlar minbari" telegram kanalida e`lon qilindi.






