AsosiySalomatlik

Koronavirusni engil o`tkazayotganlar ayniqsa faol virus tashuvchi hisoblanadi

'Koronavirusni engil o`tkazayotganlar ayniqsa faol virus tashuvchi hisoblanadi'ning rasmi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva AOKAda o`tgan brifing ma`lum qilishicha, bolalar kattalarga nisbatan yangi infeksiya bilan oson kurashadilar va kasallikni engil o`tkazadilar. Ammo ular engil kasallangan holatda ham og`ir bemrlar kabi virus tashuvchi hisoblanadilar. Afsuski, shu sababdan ham ko`p hollarda kasallikni engil o`tkazayotgan kattalar ham simptomsiz virus tashuvchi bo`lib qolmoqda. Kasallik engil kechayotganlar ayniqsa faol virus tashuvchi hisoblanadi. Negaki bunday paytda ular kasallanganini bilmaydi va o`zini izolyasiya qilmay, jamoat joylarida yuraveradi.

 Chet el olimlari 30 mingdan ortiq koronavirus testidan o`tgan bemorlar klinikasini tahlil qilishgan. Tadqiqotda virusli yuk (virus nagruzkasi) barcha bemorlar orasida taqsimlanganligi aniqlangan.

Tekshiruvlarda simptomli va simptomsiz bemorlar organizmida deyarli bir xil miqdoridagi virus zarralari aniqlandi. Bu esa ular virusning simptomsiz tashuvchisi ekanligini isbotlaydi.  

    Boshqa yangiliklar