Andijon viloyati «Do`stlik» O`simliklar karantini chegara maskanida Rossiya Federasiyasidan kirib kelayotgan 45 metr kub yog`och mahsuloti birlamchi karantin nazoratidan o`tkazildi.
Unga ko`ra, yuk egasi ruxsatnomasida belgilangan fitosanitariya talablari bajarilmaganligi aniqlanib, inspektorlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va mahsulot olib kelingan davlatga qaytarib yuborildi. Bu haqda «O`zdavkarantin» inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.






