Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 2020 yil 5 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 370 (+77) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 324 nafar, Toshkent viloyatida 95 nafar, Qashqadaryo viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 8 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 40 880 (+448) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 147 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






