AsosiyJamiyat

Toshkentda ikki bemor koronavirusdan vafot etdi. Davolanayotganlarning 198 nafari esa o`ta og`ir ahvolda

'Toshkentda ikki bemor koronavirusdan vafot etdi. Davolanayotganlarning 198 nafari esa o`ta og`ir ahvolda'ning rasmi

2020 yil 6 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 476 (+106) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 54 yoshli T.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

️Ayni paytda yurtimizda 40 880 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 251 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 366 nafari og`ir, 198 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar