1

Test topshiriqlari kitoblarini rasmga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan abiturientlarning barchasi aniqlandi -- DTM

Jamiyat 06.09.2020, 12:13
Test topshiriqlari kitoblarini rasmga olib ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan abiturientlarning barchasi aniqlandi -- DTM

Ijtimoiy tarmoqlarda test topshiriqlari kitoblarining rasmlari tarqaldi. 

Davlat test markazi tomonidan 2 sentyabr va 3 sentyabr kunlari o`tkazilgan test sinovi jarayonlarida test topshiriqlarining rasmga olinganligi va internet nashrlarida e`lon qilinganlik holatlari bo`yicha tekshiruv o`tkazildi. 

Tekshiruv davomida rasmi ko`rsatilgan test topshiriqlari kitoblari joriy o`quv yiliga tegishli ekanligi va ushbu savollar kitoblari kompyuter taqsimotiga ko`ra, 2 sentyabr kuni Farg`ona viloyati, 4-sektor (Marg`ilon shahri)da 1-smenada test topshirishi belgilangan 159-guruhga hamda 3 sentyabr kuni Andijon viloyati, 6-sektor, 1-smenada test topshirilish belgilangan 125-guruh va shu kuni Xorazm viloyati, 1-sektor, 1-smenada test topshirilish belgilangan 26-guruhga yuborilganligi ma`lum bo`lgan.

Shuningdek, tezkor harakat asosida holatni amalga oshirgan abiturientlarning barchasi aniqlangan va ularning uch nafari jarayon davomida, bir nafari jarayondan keyin chetlatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1