1

SSV dezinfeksiya tunnellarini koronavirusga qarshi eng foydasiz chora deb aytmoqda

Jamiyat 06.09.2020, 15:07
SSV dezinfeksiya tunnellarini koronavirusga qarshi eng foydasiz chora deb aytmoqda

Koronavirusga qarshi kurashilayotgan bir paytda, ko`rilayotgan har bir chora-tadbirning foydaliligi, samaradorligini o`rganish, ayniqsa, ahamiyatlilidir. Lekin  profilaktika maqsadida qo`llaniladigan ayrim choralar samarasiz ekanini, qaytaga salbiy oqibatlari ko`proqligini vaqt ko`rsatib qo`ymoqda, deyiladi xabarda.

Shunday choralardan biri dezinfeksiya tunnellaridir. Hozirda bunday tunnellar deyarli har bir tashkilot, xususan,  umumiy ovqatlanish ob`ektlari, aeroport, temir yo`l vokzallari, bozorlar, super market kabi qator  muassasa binolari oldida o`rnatilgan. Hatto kirish yo`laklarining boshqa qismlari qizil lentalar bilan o`ralib, odamlarga shu tunnel orqali o`tishdan boshqa yo`l qoldirilmagan. Respublika  ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova bunday tunnellaring inson organizmiga zararli tomonlari haqida so`zlab berdi:

—  Dezinfeksiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan o`tkazishdi. Amerikalik ekspertlarning ta`kidlashicha, ko`chalarni dezinfeksiya qilish va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalanish ko`proq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Va, shuni aytish lozimki, xanuzgacha buning samarasi isbotlanmagan, — deydi mutaxassis.  

— Dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda  ko`p yillardan beri  ishlatiladi va uning inson organizmiga  xatarli ta`siri juda kuchli.  

Kun davomida ishlab turgan tunneldan bir kishi qayta-qayta o`tishiga to`g`ri kelishi mumkin. Davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib chiqaradi. Allergolok Ilmira Raziqova buning asoratlari o`ta xavfli tus olib ketishidan ogohlantiradi.  

Mutaxassisning aytishicha, bu yuqori nafas yo`llarining engil qizarishidan to engil kuyishgacha bo`lgan xolatlarni chaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki og`ir  kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

Maktablar faoliyatini qayta tiklash masalasi o`rtaga chiqqanda, bolalarning sog`ligiga salbiy ta`sirlari inobatga olinib,  Sog`liqni saqlash vazirligi ta`lim muassasalari oldida dezinfeksiya tunnellarini o`rnatish qat`iyan man etilishini ta`kidlagan edi.  

Jaxon sog`liqni saqlash tashkiloti ham bunday tunneldarning samaradorligi isbotlanmaganligini bildirdi.

— Dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o`rnatilishi shart emas . deb hisoblaymiz, — deydi allergolog  Ilmira Raziqova.  

—Hozirda bunday noto`g`ri profilaktika ko`z konyuktivasi va yuqori nafas a`zolarining allergik shikastlanishiga sabab bo`lmoqda. Tunnellar o`rniga kirish joylarida  

  • o`zaro masofani saqlash,  
  • isitmani o`lchash,
  • qo`llarga antiseptik bilan ishlov berish  

yo`lga qo`yilgani maqsadga muvofiq, — deb aytmoqda mutaxassis.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1