1

Xitoyning qayta foydalansa bo`ladigan ilk fazo kemasi ikki kunlik parvozdan keyin Erga qo`ndi

Dunyo 07.09.2020, 08:21
Xitoyning qayta foydalansa bo`ladigan ilk fazo kemasi ikki kunlik parvozdan keyin Erga qo`ndi

Xitoyning qayta foydalanish mumkin bo`lgan ilk kosmik kemasi ikki kun orbitada bo`lganidan keyin 6 sentyabr yakshanba kuni Erga qo`ndi. Bu haqda Tarjumon yozmoqda.

Xitoy hukumatining ma`lum qilishicha, bu operasiya koinotga arzonroq bo`lgan parvozlarni amalga oshirishda oldinga qo`yilgan qadam bo`lgan.

Xitoy harbiy kuchlarining fazoga amalga oshirgan ushbu sirli dasturidagi raketa haqida juda oz ma`lumotlar e`lon qilindi xolos. Davlat axborot agentliklari hali raketaning rasmlarini nashr qilishgani yo`q. Shuningdek, uning hajmi qancha ekani ham hozircha noma`lum.

Ushbu raketa juma kuni Xitoyning shimoli-g`arbiy hududida joylashgan “Jiuquan” nomli sun`iy yo`ldosh uchirish markazidan fazoga yo`l olgandi.

Sinhua axborot agentligining xabariga ko`ra, mazkur parvoz Xitoyning qayta ishlatish mumkin bo`lgan fazo kemalari bo`yicha ilmiy izlanishlardagi muhim hodisa bo`lgan. Bu operasiya kelajakda koinotga chiqishning qulayroq va arzonroq bo`lgan yo`li borligini kafolatlaydigan holatdir.

Xitoy o`zining astronavtini ilk bor 2003 yilda koinotga uchirgan va dastlabki fazo stansiyasini ochgandi. Bu operasiyada robot mashina oyga qo`ndirilgan. Hozirda boshqa bir robot mashinani olib ketayotgan kosmik tekshiruv raketasi Mars sayyorasi tomon harakatlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1