1

Koronavirus: o`tgan tunda yana 112 kishi kasallandi, 2 bemor vafot etdi

Jamiyat 07.09.2020, 10:02
Koronavirus: o`tgan tunda yana 112 kishi kasallandi, 2 bemor vafot etdi

2020 yil 7 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 775 (+112) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qilmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 103 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 58 yoshli Yo.O. (ayol) hamda Jizzax shahrida yashagan 36 yoshli D.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 41 277 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 148 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 375 nafari og`ir, 219 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1