AsosiyJamiyat

6 oy tanaffusdan so`ng bugun 329 ta maktab o`z faoliyatini boshladi

'6 oy tanaffusdan so`ng bugun 329 ta maktab o`z faoliyatini boshladi'ning rasmi

O`zbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so`ng, 16 martdan boshlab, an`anaviy ta`lim jarayonlari vaqtinchalik to`xtatilib, bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi.

Xalq ta`lim vazirligining xabar berishicha, bugun, 6 oy deganda 7 sentyabr kuni 329 maktab o`quv dargohini sog`ingan o`quvchilar uchun o`z eshiklarini ochdi.

Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar maktablarning yangi o`quv yiliga tayyorlik holatini o`rganib, jamoaga qo`shimcha o`quv-treninglar o`tkazdi, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda.  

Maktablar faoliyatini yo`lga qo`yish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi 2020/2021 o`quv yili rasman joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlanadi.  

Eslatib o`tamiz, Xalq ta`limi vazirligi tomonidan o`tkazilgan so`rovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi ta`lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya`ni an`anaviy shaklda olib borish tarafdori bo`lgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma`qul ko`rishgan.

    Boshqa yangiliklar