1

Xalq banki “xizmati haqi”ni pensionerlar to`laydimi?

Jamiyat 07.09.2020, 14:50
Xalq banki “xizmati haqi”ni pensionerlar to`laydimi?

Bugungi kunda respublikamizda pensiya va nafaqalarini naqd pulda olishni istagan fuqarolarga to`lovlar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jumladan, mazkur to`lovlar belgilangan grafiklarga muvofiq har oyning 27 sanasiga qadar fuqarolarga etkazilishi ta`minlanmoqda. Ayniqsa, respublikamizda koronavirus pandemiyasi sharoitida pensiya va nafaqa to`lovlarini Xalq banki sayyor kassalari tomonidan sanitariya qoidalariga rioya qilingan holda fuqarolarga uyma-uy etkazish choralari ko`rib borilmoqda...

Pensiya jamg`armasi matbuot xizmatining xabar berishicha, so`nggi vaqtlarda Xalq banki sayyor kassalar tomonidan pensionerlardan “xizmat haqi” talab etilayotganligi to`g`risida murojaatlar kelib tushmoqda.

Misol uchun, Xalq banki Toyloq tumani filiali xodimlari tomonidan “Qo`rg`oncha” mahallasida yashovchi fuqaro M.D ning pensiya miqdoridan har oy “xizmat haqi” uchun 4 000 so`m chegirib qolayotganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Urgut tumani “O`roqboyjar” mahallasida yashovchi fuqaro O.O ham pensiya pulidan bank xodimlari har oyda3 000 - 5 000 so`m olib qolishlarini ma`lum qilgan. Fuqaro bank xodimidan nima uchun pul olib qolishini so`raganda bank xodimi bu pul “xizmat haqi” ekanligi va uni benzin uchun ishlatilishini aytganligi bildirilgan.

Albatta, iqtisodiy munosabatlarga asoslangan har qanday jamiyatda bajarilgan ish yoki sotib olingan tovar uchun haq to`lanadi. Bu qoidalardan ijtimoiy ta`minot, xususan pensiya va nafaqalarni fuqarolarga etkazish sohasi ham mustasno emas.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentinining 2017 yil 13 martdagi "Pensiyalar va nafaqalar to`lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ-2826-son qaroriga asosan pensiya va nafaqalarni etkazib berilganligi uchun Halq bankiga to`langan summaning 1 foizigacha xizmat haqi to`lanishi belgilangan.

O`z navbatida, Xalq bankining fuqarolarga pensiya va nafaqalarni etkazish bo`yicha ko`rsatayotgan xizmatlariga Pensiya jamg`armasi tomonidan har oyda xizmat haqi to`lab kelinayotganligi ma`lum qilindi.

Yuqoridagilarga muvofiq, joylarda pensiya va nafaqalarni etkazishda xizmat haqi talab etish, to`liq miqdorda berilmaslik yoki to`lovlardan boshqa chegirmalar amalga oshirish ta`qiqlanganligini ma`lum qilgan holda, bunday holat aniqlansa fuqarolardan Pensiya jamg`armasining 1140 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingizni so`raymiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1