1

Nima uchun o`zini-o`zi band qilgan kasblar ro`yxatiga kirakashlar (taksichilar) kiritilmayapti?

Jamiyat 07.09.2020, 16:15
Nima uchun o`zini-o`zi band qilgan kasblar ro`yxatiga kirakashlar (taksichilar) kiritilmayapti?

AOKAda o`tkazilgan brifingda ushbu savolga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Norqulov javob qaytardi:

«Prezidentimiz qarori bor, taksichilar deganda yuridik shaxs sifatida ro`yxatdan va har kunlik tibbiy va texnik ko`rikdan o`tishi lozim. Bu bo`yicha ish olib boryapmiz. Lekin texnik nuqtai nazardan juda qiyin bo`lyapti. Chunki davlat ruxsat bergandan keyin kafolatlangan bo`lishi kerak.  

Shuningdek, taksichilarga qo`yiladigan ayrim talablar bor. Masalan, albatta, agregatlarga ulangan bo`lishi lozim. Ya`ni, siz kim bilan ketayotganingizni bilishingiz kerak. Qolaversa, muayyan vaqtda texnik va tibbiy ko`rikdan o`tishi lozim.  

Bir-ikki oy ichida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritamiz. Sababi bir tomonda, o`z-o`zini band qilgan kirakashlar manfaati turgan bo`lsa, ikkinchi tomonda jamoatchilik manfaati turibdi». 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1