1

Farzandingiz maktabda yomon baho olsa, tanbeh bermaslikka harakat qiling -- XTV ota-onalarga karantin ta`tilidan keyin bola bilan qanday munosabatda bo`lish kerakligi bo`yicha maslahatlar berdi

Jamiyat 07.09.2020, 16:46
Farzandingiz maktabda yomon baho olsa, tanbeh bermaslikka harakat qiling -- XTV ota-onalarga  karantin ta`tilidan keyin bola bilan qanday munosabatda bo`lish kerakligi bo`yicha maslahatlar berdi

Xalq ta`limi vazirligi karantindan keyingi birinchi o`qish haftasini qanday tashkil etish bo`yicha ba`zi maslahatlarni keltirdi.

«Koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq karantin davrida maktab o`quvchilari o`tgan o`quv yilining ikkinchi yarmida masofadan ta`lim oldilar va yangi o`quv yilida bolalar 14 sentyabrdan boshlab maktabga boradilar.

Shu o`rinda psixologlar bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida 3 hafta) talab etilishini inobatga olib, Sizdan bolaning hissiy holatiga e`tibor berishingizni so`raydi. Ota-onalar o`z farzandlarida o`tkazib yuborilgan vaqt davomidagi o`zlashtira olmaganlariga etishib olish uchun paydo bo`lishi mumkin bo`lgan stressni engishga yordam berishlari kerak.

Karantindan keyingi birinchi o`qish haftasini qanday tashkil etish bo`yicha ba`zi maslahatlar berildi.

📌 Farzandingizga o`qish va dam olish vaqtini taqsimlashida yordam bering. Maktabdan keyin bola albatta dam olishi, ovqatlanishi va shundan keyingina uy vazifasini bajarishni boshlashi kerak. Unga yozma va og`zaki topshiriqlarni bajarishni almashtirib turishini va ular orasida qisqa tanaffuslar qilishi kerakligini ayting. Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`z diqqatlarini 10-15 daqiqa davomida bitta topshiriqni bajarish uchun jamlashlari mumkin. Bitta mashg`ulot aynan shuncha vaqt davom etishi kerak.  

 📌Bolaning televizor oldida va kompyuterda o`tkazadigan vaqtini cheklang - bu mashg`ulotlar nafaqat dam olishga yordam bermaydi, balki tanani charchatadi.

 📌 Farzandingiz uxlashga erta yotishini nazorat qiling. Doimiy ravishda uyquga to`ymaslik charchoqni, yomon kayfiyatni va diqqatning tarqoq bo`lishini keltirib chiqaradi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar kamida 10 soat, o`spirinlar esa 9 soat uxlashlari kerakligini unutmang.

📌 Karantin ta`tilidan keyin bola maktabda yomon baho olishi mumkin. Unga tanbeh bermaslikka harakat qiling, bunga sabrli bo`ling. Doimiy tanbehlar tufayli o`g`lingiz yoki qizingizning o`zlariga, o`z imkoniyatlariga  bo`lgan ishonchini yo`qotishiga yo`l qo`ymang.

📌 Muayyan vaziyatda qanday munosabat bildirishni bilmasangiz, o`zingizni bolaning o`rniga qo`ying. O`z bolaligingizni eslang va farzandlaringizni baxtli xotiralardan mahrum qilmang», — deyiladi vazirlik axborotida.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1