1

5 ta hududda yana yuzdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentlik va termizlik bemor vafot etdi

Jamiyat 07.09.2020, 17:06
5 ta hududda yana yuzdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentlik va termizlik bemor vafot etdi

2020 yil 7 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 893 (+118) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 82 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli A.D. (erkak) hamda Termiz shahrida yashagan va Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 55 yoshli B.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 186 nafar, Toshkent viloyatida 56 nafar, Andijon, Farg`ona viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafardan bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 41 531 (+254) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 010 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1