AsosiyDunyo

Navalniy komadan chiqdi

'Navalniy komadan chiqdi'ning rasmi

Aleksey Navalniyni Berlindagi Charite klinikasi shifokorlari sun`iy komadan olib chiqishdi. Bu haqda charite.de nashrida yozildi.

Ma`lum qilinishicha, uning sog`lig`i yaxshilangan. Hatto u atrofidagilarning murojaatlariga javob bera boshlagan.

«Bemor tibbiy komadan chiqarilib, nafas olish moslamasidan uzildi. U so`zlarga munosabat bildirmoqda. Uning og`ir zaharlanishining ta`sirini baholash uchun hali erta », – deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, Vladimir Putinning muxolifi hisoblanuvchi Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Sibirda kasalxonaga zaharlanish tashxisi ostida yotqizilgan edi.

Shundan so`ng, Navalniyning zaharlanishida Putinning qo`li borligi aytildi.

 

    Boshqa yangiliklar