JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevadagi brifingda koronavirusning yangi to`lqiniga oldindan tayyorgarlik ko`rish zarurligini ma`lum qildi.
"Bu so`nggi pandemiya emas. Tarix bizga kasallik tarqalishi va pandemiya aslida hayotning bir qismi ekanligini o`rgatdi", dedi Gebreyesus "Keyingi pandemiya kelganda, dunyo [unga] hozirgidan ko`ra ko`proq tayyor bo`lishi kerak", deya qo`shimcha qildi u.
Shu munosabat bilan Gebreyesus "profilaktika, kasallikni aniqlash va unga qarshi kurashish", shuningdek "aholi sog`lig`iga va ayniqsa, birlamchi tibbiy yordamga mablag` sarflashga" sarmoya kiritishga chaqirdi.
Shu o`rinda JSST rahbari "COVID-19" ni o`z nazorati ostiga olishga" imkon bergan Tailandning sog`liqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlarini, shuningdek, Italiya tomonidan qabul qilingan "qiyin qarorlarni" eslatib o`tdi.






