“Atrof muhitga ta`sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi Hukumat qarori (541-son, 07.09.2020 yil) qabul qilindi.
Unga ko`ra,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi Prezidentimizning “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida” 2020 yil 2 martdagi farmoniga muvofiq, “raqamli iqtisodiyot”ga o`tish maqsadida davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazish uchun har yili qog`oz shaklida taqdim etiladigan 30 mingga yaqin hujjatlarning elektron almashinuv tizimi yaratiladi;
Mo`ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalda faoliyat ko`rsatayotgan atrof-muhitga ta`sir ko`rsatishi yuqori va o`rtacha darajada xavfli bo`lgan faoliyat turlarining atrof-muhitga va aholi sog`lig`iga uzluksiz sabliy ta`sir ko`rsatishini muhokama qilish uchun jamoatchilik eshituvlari amalga joriy etiladi.
Qaror bilan
Atrof-muhitga ta`sir ko`rsatishning yuqori (I), o`rtacha (II) va past darajada xavfli (III), shuningdek, mahalliy darajada ta`sir ko`rsatuvchi (IV) hamda Davlat ekspertizasidan o`tkaziladigan faoliyat turlarining ro`yxati;
Davlat ekspertizasi to`g`risidagi nizom;
Atrof-muhitga ta`sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
2020 yil 1 oktyabrga qadar:
Davlat ekologiya qo`mitasiga o`zining veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasidan o`tkazishning elektron hujjat almashinuvi tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish vazifasi belgilandi.






