Joriy yil 23 avgustdan 5 sentyabrgacha 32 mamlakatning 160 dan ziyod harbiylar jamoasi ishtirok etgan “ArMI-2020” VI xalqaro armiya o`yinlarida O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari umumjamoa hisobida 3-o`rinni egalladi.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yili mazkur musobaqada O`zbekiston jamoasi 5-o`rinni qo`lga kiritgandi.






