2020 yil 8 sentyabr soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44107 (+132) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 111 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 1 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️Ayni paytda yurtimizda 41594 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
️Hozirda mamlakatimizda 2157 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 430 nafari og`ir, 224 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






