AsosiyJamiyat

"To`rt oy nimalarni gapirib bergan bo`lsam, barchasini o`zimda kuzatdim" - koronavirusdan sog`aygan Nurmat Otabekov boshdan kechirganlarini gapirib berdi

'"To`rt oy nimalarni gapirib bergan bo`lsam, barchasini o`zimda kuzatdim" - koronavirusdan sog`aygan Nurmat Otabekov  boshdan kechirganlarini gapirib berdi'ning rasmi

O`zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan so`ng o`zida kechirgan holatlar haqida “Shifobaxshuz” telegram kanaliga ma`lum qildi.

Otabekovning ma`lum qilishicha, u tana haroratini ko`tarilishi belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

«Men koronavirusga chalinganligimni 28 iyul kuni bildim. Ikki marotaba laboratoriya tekshiruvi musbat natija berdi. Dastlabki sakkiz kun davomida menda jiddiy klinik belgilar kuzatilgani yo`q. Biroq shifoxonaga yotganimning sakkizinchi kunidan boshlab pnevmoniya belgilari kuzatila boshladi va olti kun davomida nafas etishmovchiligi bilan bog`liq klinik belgilari kuzatildi. Rentgen va multispiral kompyuter tomografiya tekshiruvlari o`pkamning 50 foizida yallig`lanish borligini ko`rsatdi. Kasallikning 14-15 kunlariga borib hid va ta`m bilish belgilarining yo`qolishi namoyon bo`la boshladi. Ayniqsa, achchiqni sezish keskin kamayganini sezdim. Lekin tuz va shirinlikni ta`mini sezish imkoniyati saqlanib qoldi», – dedi professor.

Suhbat davomida Bosh davlat sanitariya inspektori kasallikning klinik belgilarini barchasini o`zimda kuzatilganini aytib o`tdi.

«Shifoxonada 21 kun davolanish barobarida, o`tgan to`rt oy davomida kasallikning klinik belgilari bo`yicha nimalarni aholiga gapirib bergan bo`lsam, barchasini o`zimda kuzatdim. Holsizlanish, terlash, tana haroratini ko`tarilishi, hid va ta`m bilishning pasayishi, nafas olishdagi muammolar, ichak faoliyatining buzilishi kabilarning barchasini o`zimda kuzatdim. Menda shunaqangi tushuncha paydo bo`ldiki, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti kasallik tashhisoti, davolash usullari va profilaktikasi bo`yicha bergan tavsiyalarining hammasi o`rinli va asoslangan», – dedi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig`i.

    Boshqa yangiliklar