Ushbu savolga AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtab a`zosi Barno Rajabov quyidagicha javob berdi:
"Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 iyundagi 417-sonli qarorida nogironligi bo`lgan shaxslarga 2 foizlik kvotalar ajratilishi va ularni qabul qilishda 30 foiz eng quyi chegara etib belgilangan.
Ya`ni, abiturient 30 foiz ball to`plagan, belgilanggan kvota bo`yicha ball yig`a olgan bo`lsa, grant asosida o`qishga qabul qilinadi. Aks holda boshqa abiturientlar qatori qo`shimcha yoki orttirilgan kontrakt asosida o`qishi lozim bo`ladi.






