AsosiySalomatlik

Koronavirusdan davolanib chiqqan bemorlarning o`pkasida saqlanib qolayotgan asoratlar keyinchalik inson salomatligiga qanday ta`sir ko`rsatishi mumkin?

'Koronavirusdan davolanib chiqqan bemorlarning o`pkasida saqlanib qolayotgan asoratlar keyinchalik inson salomatligiga qanday ta`sir ko`rsatishi mumkin?'ning rasmi

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot  markazi diagnostika bo`limi shifokori, oliy toifali pulmonolog Xayrullo Rajabov koronavirusdan davolanib chiqqan bemorlarning o`pkasida qolayotgan asoratlarning inson salomatligiga salbiy ta`siri haqida quyidagilarni gapirdi:  

— Koronavirusdan davolangan bemorlarning o`pkasidagi asoratlarning asosiy qismini  o`pkada tarqalgan fibrozli o`zgarishlar  tashkil qiladi, ular ko`p hollarda o`pkaning tashqi nafas funksiyasining restriktiv tipdagi o`zgarishlariga olib keladi va jismoniy zo`riqishga rezistentlik hosil qiladi. Bunday  bemorlar ma`lum muddat pulmonolog  nazoratida bo`lishlari kerak. Sababi o`pkadagi fibrozli o`zgarishlarning to`liq surilishi yil davomida kuzatilishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar