AsosiyJamiyat

4 ta hududda koronavirus bilan zararlangan 174 kishi aniqlandi. Toshkentda yana keksalar virusning qurboni bo`lishdi

'4 ta hududda koronavirus bilan zararlangan 174 kishi aniqlandi. Toshkentda yana keksalar virusning qurboni bo`lishdi'ning rasmi

2020 yil 8 sentyabr soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 281 (+174) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 152 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 74 yoshli I.U. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli M.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 131 nafar, Toshkent viloyatida 74 nafar, Buxoro viloyatida 8 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 41 825 (+231) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 098 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar