Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati ma`lum qilishicha, poytaxtda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish hamda yuqori kuchlanishli elektr uskunalarini mavsum oldidan sinovdan o`tkazish ishlari olib borilishi rejalashtirilmoqda. Shu munosabati bilan 9 sentyabr soat 09:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi manzillarda elektr tarmog`ida vaqtincha uzilish kuzatiladi:
- «Yakkabog`» MFYdagi D 20a-mavze 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 50, 51-sonli ko`p qavatli uylar;
- Qatortol ko`chasi;
- Yakkabog` ko`chasi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ noqulayliklar uchun uzr so`raydi.






