Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G`ayrat Begaliev vafot etdi. Marhumda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, davolanishda bo`lgan. Ushbu ma`lumotni viloyat hokimligining matbuot xizmati tasdiqladi.
G`ayrat Begaliev 2020 yil 4 mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan edi.
6 sentyabr kuni Mirishkor tumani hokimining o`rinbosari Mansur Rahmonov ham vafot etgani xabar qilingandi.
"Darakchi" jamoasi marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.