Qo`llarni sovun bilan yuvgan foydaliroqmi yoki antiseptik spirtli eritma bilanmi?
Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova AOKAda o`tkazilgan brifingda quyidagicha javob qaytardi:
Qo`llarni muntazam ravishda oqayotgan suv va sovun bilan kamida 20 soniya davomida yuvish zarur.
Buning imkoni bo`lmasa spirt asosidagi vosita bilan ishqalab va yaxshilab artish kerak. Uning tarkibidagi spirt konsentrasiyasi kamida 70% bo`lishi kerak.
70% dan kam bo`lgan eritmalar mikroblarni, viruslarni o`ldirmaydi, ularni faqat ko`payishini to`xtatishi mumkin.
Etanol ko`p viruslarni shu jumladan koronovirusni xam oqsil qobig`ini yo`q qiladi.
Qo`llar judayam kir bo`lsa, ya`ni bog`dagi ishlardan keyin yoki judayam yog`li bo`lsa antiseptiklarni samaradorligi kamayishi mumkin.






