AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Sebzor kollektori hududida aniqlangan muammolar bartaraf etildi

'Toshkentdagi Sebzor kollektori hududida aniqlangan muammolar bartaraf etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura xabar qilishicha, Respublika Ishchi guruhining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o`rganish ishlari jadal olib borilmoqda va bu jarayonda aholining dolzarb muammolarini aniqlash, ijtimoiy soha ob`ektlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, ularning echimini topish hamda qisqa muddatlarda ijobiy hal etilishi ta`minlanmoqda.

Mazkur tadbirlarda kommunal va ijtimoiy sohalarda tegishli qonun hujjatlari ijrosining so`zsiz ta`minlanishi, shuningdek, Respublika Ishchi guruhining o`rganishlari natijalari bo`yicha ko`rsatmalar tezkorlik bilan bajarilishiga erishish uchun tegishli chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1-o`rinbosari A.Xolmaxmatov bugun poytaxtimizning Olmazor tumanida bo`lib, tuman hokimi B.Rahmonov hamrohligida Sebzor kollektorining Qora-qamish ko`chasi xududidan o`tuvchi qismini ko`zdan kechirishdi. Aniqlangan muammolar zudlik bilan bartaraf qilishga kirishildi. Tuman obodonlashtirish bo`limi hamda boshqa kommunal soha vakillari tomonidan hududni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.  

Aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va ijtimoiy soha ob`ektlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish borasidagi amaliy tadbirlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar