AsosiyJamiyat

Buxorolik erkak ikki xotiniga bir yo`la 810 mln so`mdan ortiq aliment to`lab rekord o`rnatdi

'Buxorolik erkak ikki xotiniga bir yo`la 810 mln so`mdan ortiq aliment to`lab rekord o`rnatdi'ning rasmi

 Buxorolik erkak 3 farzandli ayoliga 537 mln, 2 farzandli ayoliga 274 mln so`m aliment qarzdorligini to`ladi. 

Majburiy ijro byurosining Buxoro shahar bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 2020 yil 11 martdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.R.dan undiruvchi M.G. foydasiga uch nafar farzandi moddiy ta`minoti uchun voyaga etguniga qadar, qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning ½ qismi miqdorida oy sayin aliment undirish;

Fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudining 2020 yil 27 martdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.R.dan undiruvchi M.Sh. foydasiga ikki nafar farzandi moddiy ta`minoti uchun voyaga etguniga qadar, qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning ½ qismi miqdorida oy sayin aliment undirish haqida ijro ishi mavjud edi. 

Ijro harakatlari davomida qarzdor A.R.ga O`zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonuni talablari tushuntirildi. 

Farzandlarining moddiy ta`minoti va majburiyatini anglagan qarzdor ota A.R. oldindan undiruvchi M.G.ga uch nafar farzandi uchun 537 mln. 525 ming so`m va undiruvchi M.Sh.ga ikki farzandi uchun 274 mln. 392 ming so`m aliment pullarini biryo`la oldindan to`lab berdi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor A.R.ga belgilangan barcha cheklovlar bekor qilinib, aliment bilan bog`liq ijro hujjatlari amalda tamomlandi.
Aliment to`lovchi qarzdor otalar o`zlariga bugungi qahramonning harakatlaridan to`g`ri xulosa chiqarib olishadi, albatta.

    Boshqa yangiliklar