SSV ma`lumotiga ko`ra, shu yilning 8 sentyabr kuni mamlakatimizda 443 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Andijon, Namangan hamda Surxondaryo viloyatlarida jami 304 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 418 nafar bemordan 41 898 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 160 nafar bemordan 402 nafari og`ir, 226 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






