Joriy yilning 8 sentyabr kuni soat 15:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani hududidan o`tgan 4R 95 mahalliy avtomobil yo`lining 6-kilometrida haydovchi, 1994 yilda tug`ilgan Sh.G`. “Lasetti” rusumli avtomobilni boshqarayotgan vaqtida qarama-qarshi yo`lga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan D.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to`qnashgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.



Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 25 yoshli D.M. og`ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 26 yoshli Sh.G`. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma`lumot o`rnida, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi 26 yoshli Sh.G`. bir yil mobaynida 5 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.
Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz.