AsosiyJamiyat

O`tgan tunda 7 hududda koronavirus yuqtirganlar ortdi. 2 bemor vafot etdi

'O`tgan tunda 7 hududda koronavirus yuqtirganlar ortdi. 2 bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 9 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 44 557 (+139) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 91 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Farg`ona viloyatida, yana 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirzo Ulug`bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol) hamda Yangiyo`l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 41 898 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 297 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 402 nafari og`ir, 226 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar