AsosiyJamiyat

“QS Global Education News” nomli nufuzli jurnalda ilk bor O`zbekiston oliy ta`lim muassasasi to`g`risida maqola chop etildi

'“QS Global Education News” nomli nufuzli jurnalda ilk bor O`zbekiston oliy ta`lim muassasasi to`g`risida maqola chop etildi'ning rasmi

Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Angliyada chop etiladigan QS Global Education News xabarnomasida “TIIAME only Uzbek institution represented in QS EECA rankings (TIQXMMI - QS EECA reytingidan joy olgan O`zbekistonning yagona instituti)” sarlavhasi ostida Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalar to`g`risida maqolani chop etilishi O`zbekiston OTMlari uchun yuksak e`tirof bo`ldi.

Mana ikkinchi yildirki, Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti dunyo universitetlari reytinglarini baholovchi xalqaro reyting agentliklari e`tirofida. 2019 yilda Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Rivojlanayotgan Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida 301-350 o`rinda qayd etilishi O`zbek OTMlari tarixida erishilgan yuqori natija bo`ldi. Mazkur natija QS ning 2020 yilgi yillik hisoboti (Yearbook) da aks etgan.

Maqolada, TIQXMMIning QS EECA reytingidagi ishtiroki, reytingda 301-350 o`rinda qayd etilishi to`g`risida, institutda yoshlarga yaratilgan global standartlar asosidagi yuqori sifatli ta`lim, ilmiy hamda akademik ishlar olib borish uchun to`liq jihozlangan laboratoriyalar yoshlarni intellektual qobiliyatlarini ro`yobga chiqarib, ularning kelajakda o`z sohalarining professionallari bo`lib etishishlari uchun yaratilgan sharoitlar to`g`risida gap ketar ekan, institut rektori, Respublika Oliy ta`lim kengashining raisi O`ktam Umurzakovning “pandemiya sharoitida ta`lim berishni bir daqiqaga ham to`xtatmadik” degan so`zlari keltirib o`tilgan.

Aytish joizki, QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi, shu kungacha chop etilib kelinayotgan QS WOWNEWS jurnalining mantiqiy davomi bo`lib, avgust oyida o`zining birinchi sonini nashrdan chiqardi. Xabarnoma o`z ichiga dunyo OTMlar yangiliklari, shu jumladan, talabalar va professor-o`qituvchilarning yutuqlari, dastur ishlanmalari, ilmiy yutuqlar, innovasiyalar, xalqaro hamkorlik va hamkorlik doirasida tuzilgan shartnomalar, talabalar shaharchasi va OTM huzuridagi ilmiy markaz hamda laboratoriyalarning ochilishi kabi muhim yutuqlarni targ`ib qilib boradi.

    Boshqa yangiliklar