Andijon viloyati Asaka tumani hokimi lavozimiga Alixanov Mansurbek Mamasidiqovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Alixanov Mansurbek Mamasidiqovich, Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.
Andijon viloyati hokimligi Alixanov Mansurbek Mamasidiqovichni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilagan.






