AsosiyJamiyat

Bu yil paxta teruvchilarga xizmat haqi qanday to`lanishi belgilab berildi

'Bu yil paxta teruvchilarga xizmat haqi qanday to`lanishi belgilab berildi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining «2020 yil paxta hosilini yig`ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra:

•  qo`lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda - 1 000 so`mdan, ikkinchi terimda - 1 400 so`mdan kam bo`lmagan miqdorda mehnat haqi to`lanadi;

•  paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 000 so`mdan kam bo`lmagan xizmat haqi to`lash;

•  paxta-to`qimachilik klasterlari va kooperasiyalariga yuqorida tavsiya etilayotgan narxlardan kam bo`lmagan holda mustaqil narx belgilash huquqi berildi;

•  paxta xomashyosi uchun mehnat va xizmat haqi har besh kunda, zarurat bo`lganda, har kuni to`lash tavsiya etildi;

•  ishsiz hamda vaqtinchalik band bo`lmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy ishga qabul qilish bo`yicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuziladi hamda terim otryadlari rahbarlariga paxta xomashyosi yig`im-terimi yakuniga qadar 2 million so`mdan kam bo`lmagan miqdorda mehnat haqi to`lanadi. Shuningdek, ushbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg`armasi mablag`lari hisobidan qoplanadi;

•  paxta-to`qimachilik klasterlari va kooperasiyalariga paxta xomashyosini terib olish uchun yillik 16 foiz stavkada (shundan 1 foiz bank marjasi) kredit ajratish maqsadida uch oy muddatda qaytarish sharti bilan “Agrobank” ATB depozitiga 1,3 trillion so`mgacha mablag`lar joylashtiriladi;

•  Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta yig`im- terim mavsumida jalb qilinadigan paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashyosini yig`ib-terib olish xizmat bahosining 30 foizi Moliya vazirligi tomonidan qoplab beriladi;

•  paxta-to`qimachilik klasterlari va kooperasiyalar hamda fermer xo`jaliklari tomonidan xorijdan olib kelinadigan yuqori unumli paxta terish texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2021 yil 1 sentyabrgacha bojxona to`lovlaridan (qo`shilgan qiymat solig`i va bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod qilinadi va “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo`shilgan qiymat solig`ini 270 kungacha bo`lgan muddatga kechiktirib to`lashga ruxsat beriladi.

Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ta`lim, sog`liqni saqlash tashkilotlari va boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini hamda ta`lim muassasalari o`quvchilari va talabalarini paxta xomashyosi yig`im- terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qo`yish yuzasidan shaxsan mas`ul ekanliklari belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar