AsosiyJamiyat

"Ohangarondagi masxaraboz GAI" ustidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

'"Ohangarondagi masxaraboz GAI" ustidan xizmat tekshiruvi tayinlandi'ning rasmi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Ohangarondagi masxaraboz GAI!” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB Axborot xizmati tomonidan ushbu holatga nisbatan bildirilgan munosabatga ko`ra, Toshkent viloyati, Ohangaron shahar IIB YHXB YPX guruhi inspektori V.Qodirxonov joriy yilning 2 sentyabr kuni Ohangaron shahar, Amir Temur ko`chasida xizmat o`tayotgan vaqtida, soat 20:10 larda, “Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan harakatlanib kelganligi uchun to`xtatgan.

Haydovchi I.A.ga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali holatni tasvirga olishni boshlagan.

Ushbu vaqtda, tungi xizmatga jalb qilingan Ohangaron shahar IIB YHXB Ma`muriy huquqbuzarlik materiallarini ko`rib chiqish bo`yicha inspektori D.Mashkurov IIO xodimini obro`sizlantiruvchi xatti-harakatlar qilgan. Xodimning bu xatti-harakati haydovchining tasvirlariga muhrlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Tekshiruv xulosasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar