AsosiyJamiyat

Xorijdan qaytib kelishda ekspress usulda topshirilgan test natijasi inobatga olinadimi?

'Xorijdan qaytib kelishda ekspress usulda topshirilgan test natijasi inobatga olinadimi?'ning rasmi

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva AOKAda o`tkazilgan brifingda quyidagicha javob berdi:

" - O`zbekiston havo yo`llari" parvozlarida PZR usulida olingan tahlil natijalarini taqdim etish zarur.

Ekspress usulda topshirilgan test natijalari ishonchli bo`lmasligi mumkin, chunki bu tahlilda faqat virus bor-yo`qligi aniqlanadi.

Bu esa keyin virus yuklamasi miqdorini tahlil qilish uchun PZR tekshiruvi o`tkazishni talab qiladi.

Ba`zida ekspress testlar yolg`on musbat natijani ko`rsatishi mumkin. Bunday vaziyatlarda PZR tekshiruvi muhim ahamiyatga ega.

️ Shundan kelib chiqqan holda PZR usuli natijasini taqdim etish talab etiladi.

 Boshqa davlatdan kelgan fuqarolar qaytgan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib stasionar yoki o`z tanloviga ko`ra mehmonxonalarda karantin chora-tadbirlariga qat`iy rioya qilgan holda 7,10 va 14 kun mutaxassislar nazoratida bo`lishadi.

Agar karantinga olingan davrida shamollash alomatlari kuzatilmasa, karantin so`nggida qayta test topshirishadi. Virus aniqlanganda davolashga yo`naltiriladi, manfiy natijada esa uyga ketishlariga ruxsat beriladi."

 

    Boshqa yangiliklar