AsosiyJamiyat

Qo`qonda o`qituvchilarni tayyorlovchi institut dekani pora bilan ushlandi

'Qo`qonda o`qituvchilarni tayyorlovchi institut dekani pora bilan ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo`qon shahar bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Qo`qon davlat pedagogika instituti yoshlar etakchisi va fakultet dekani daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib uning tanishini mazkur institutga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanishgan.  

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi va Toshkent shahar IIBB xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbirda J.P. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uning o`g`lini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali O`zbekiston Milliy universitetiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 8 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i bergan ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar