Huquqiy axborot telegram kanalida ma`lum qilinishicha, Adliya vazirligi faoliyatining barcha yo`nalishlari bo`yicha “CERT INTERNATIONAL” xalqaro tashkiloti (Slovakiya) tomonidan o`rganilgan.
O`rganish natijasida vazirlik O`zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo`lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo`nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholandi va xalqaro reestrga kiritildi hamda buni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo`ldi.
Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi xalqaro standart talablariga muvofiq ichki hujjatlardan tashkil topgan bo`lib, u butun Vazirlik tizimining doimiy nazorat ostida bo`lishini ta`minlaydi.
️Ushbu muvofiqlik sertifikati Adliya vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartga muvofiq to`g`ri yo`lga qo`yilganini tasdiqlaydi hamda kelajakda xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni va o`zaro ishonchni yanada rivojlantirishga olib keladi.






