AsosiyJamiyat

Izboskandagi ketmonchi ayollarning pulini bermayotgan klasterdan oylik maoshlar undirib berildi

'Izboskandagi ketmonchi ayollarning pulini bermayotgan klasterdan oylik maoshlar undirib berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Izboskandagi klaster ketmonchi ayollarning pulini bermayapti” sarlavhali videoxabar Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan o`rganildi.

Aniqlanishicha, Izboskan tumanida faoliyat ko`rsatib kelayotgan “Soxib omad baraka” MChJ tomonidan tumanda 1.815 gektar maydonida g`o`za parvarish ishlari olib borilgan. Ushbu maydonda uyushmagan aholi orasidan jami 1.350 nafar fuqaro og`zaki kelishuvga asosan ish haqi sifatida oyiga 400 ming so`mdan ishlab kelishgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali videoxabar yuborgan ayollar aynan “Soxib omad baraka” MChJga qarashli hududda mehnat qilishgan.

Ushbu fuqarolarning oylik maoshlari aprel, may va iyun oylari uchun o`zaro og`zaki kelishuvga asosan MChJ tomonidan o`z vaqtida to`lab berilgan.  

Joriy yilning iyul oyi uchun kelishuvga asosan fuqarolarning belgilangan oylik maoshlari “Soxibi omad baraka” MChJ klasteri tomonidan pandemiya sababli, yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchilik sabab oylik maoshlarini 05.09.2020 yil holatiga qadar to`lab berilmaganligi aniqlangan.

Viloyat prokuraturasining aralashuvi bilan joriy yilning 6 sentyabr kuni “Soxib omad baraka” MChJ a`zolariga jami 249 mln 500 ming so`m miqdoridagi pul mablag`lari to`lab berilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar