Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBning Samarqand shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand Davlat universiteti prorektori yordamchisi U.E. universitet talabasi S.ning o`qishini Oliy ta`lim vazirligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali, Urganch Davlat universitetiga ko`chirib berishi evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan prorektori yordamchisi U.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






