Navoiy viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Farhod Gafarov sog`ligi taqozosi sababli o`z xohishiga ko`ra vazifasidan ozod etildi.
Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`iga asosan Zafar Rasulov viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lum qildi.
U shu kunga qadar Sog`liqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.
41 yoshli Zafar Rasulov 2003 yil Toshkent davlat tibbiyot instituti(hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan. Xususan, Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i, Navoiy viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.






