Shu yilning 9 sentyabr kuni mamlakatimizda 512 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Farg`ona, Toshkent, Xorazm hamda Andijon viloyatlarida jami 314 nafar bemor sog`aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 930 nafar bemordan 42 212 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
‼️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 352 nafar bemordan 427 nafari og`ir, 224 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






