1

Chirchiqda “Bolalar va o`smirlar sport maktabi” ishchilari ish vaqtida giyohvandlik moddasini iste`mol qilayotganida qo`lga olindi

Jamiyat 10.09.2020, 10:20
Chirchiqda “Bolalar va o`smirlar sport maktabi” ishchilari ish vaqtida giyohvandlik moddasini iste`mol qilayotganida qo`lga olindi

Chirchiqda ish vaqtida giyohvandlik moddasini iste`mol qilmoqchi bo`lganlar jinoyat ustida qo`lga olindi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, joriy yil 5 sentyabr kuni soat 23:30 da, IIB va Milliy gvardiya xodimlari o`zlariga biriktirilgan Chirchiq shahri O`zbekiston ko`chasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtlarida, mazkur hududdagi “Bolalar va o`smirlar sport maktabi” binosidan o`ziga xos hid taralayotganligini bilib, tekshirish maqsadida bino xonasiga kirishgan. Xonada maktabning qorovuli bo`lib ishlovchi 38 yoshli T.B. va 29 yoshli D.O., lar elektr plitasi yordamida oshxona qozonida o`ziga xos modda qovurayotganliklari aniqlanib, bu haqda shahar IIB ga xabar berishgan.

Mazkur xabar asosida tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko`zdan kechirish davomida, xonada bo`lgan televizor korobkasi va yog`och fanera ustidagi yoyib qo`yilgan yashil rangdagi, o`ziga xos hidli modda, 4 dona gugurt qutisi va 2 dona 0.5 litr hajmdagi bankalarda quritilgan modda hamda chekish uchun maxsus moslama aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga qo`ra, T.B., dan olingan o`simlik tup gullari va barglaridan tashkil topgan, ho`l holdagi tarkibida faol giyohvand modda, tetrogidrokannabinol mavjud bo`lgan o`simlik bo`lib, bu modda “marixuana” deb atalishi va ularning sof og`irligi jami 5.7 kg.ni tashkil qilishi aniqlangan.

Bundan tashqari hodisa joyidan olingan ikki dona baklajkalar, 1 dona shisha idish va qopqoq (angishvona)da faol giyohvand modda, tetrogidrokannabinol yuqlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahri IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha majmua qorovuli T.B., ushbu kuni giyohvandlik vositasini iste`mol qilish uchun o`zining tanishi D.O.,ni sport maktabi hududiga chaqirganligi aniqlangan.

Hozirda T.B., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Tergov jarayonida har ikkala fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1