1

“G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi boshlig`i mudofaa vazirining maslahatchisi sanaladi

Jamiyat 10.09.2020, 11:45
“G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi boshlig`i mudofaa vazirining maslahatchisi sanaladi

"G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida" Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko`ra Mudofaa vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan davlat muassasasi shaklidagi “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi faoliyati tashkil etiladi.

 Majmua hududida Mudofaa vazirligining Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

️ Majmua huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi.

 Qaror bilan mudofaa vazirining madaniy ishlar bo`yicha maslahatchisi – “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi boshlig`i lavozimi joriy etildi.

 Shuningdek, “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo`yicha “Yo`l xaritasi” tasdiqlandi.

Majmua Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo`ladi.

 Majmua boshlig`i madaniyat vaziri bilan kelishilgan holda mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan muassasa hisoblanadi.

“G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi hamda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti o`z maqomiga, xodimlar (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq to`lash (pul ta`minoti) shartlariga ko`ra Mudofaa vazirligi markaziy apparatining bosh boshqarmasiga tenglashtiriladi.

 Majmua va “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida milliy esdalik sovg`alari mahsulotlari hamda muzeyda saqlanayotgan ashyolar nusxalarining savdosi tashkil qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1