Ayrim bolalarda surunkali xastaliklar mavjud. Masalan angina va allergik kasalligi bor bolalar maktabga borsa bo`ladimi?
Bu haqdagi savolga AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva javob berdi.
Agar farzandingizda surunkali tonzillit mavjud bo`lsa, koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori.
Shu sababli, ushbu kasallik mavjud bo`lgan insonlar niqob taqish, og`iz bo`shlig`ini chayqash va infeksiya o`choqlarini sanasiya qilish maqsadida o`z vaqtida shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Kasallikning xuruj davrlarida distansion o`qishga o`tish tavsiya qilinadi.






