Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlarida, shuningdek, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlari, Qoraqalpog`iston Respublikasining Qonliko`l, Qorao`zak, Kegeyli, Qo`ng`irot, Taxtako`pir, Xo`jayli, Shumanay, Chimboy, Nukus tumanlarida paxta xomashyosi yig`im-terimiga terimchilarni qo`shimcha jalb qilish maqsadida qo`lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga O`zbekiston Respublikasi byudjetining qo`shimcha manbalari hisobidan 200 so`mdan ustama haq to`lanadi.
Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda 2020 yil paxta hosilini yig`ib-terib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etishga bag`ishlab o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.






