AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qancha odam grippga qarshi vaksina bilan emlanishi ko`zda tutilgan?

'O`zbekistonda qancha odam grippga qarshi vaksina bilan emlanishi ko`zda tutilgan?'ning rasmi

Grippga qarshi vaksina bilan 1 million 200 mingdan ortiq fuqarolar emlanishi ko`zda tutilgan. Shu bilan birga, aholi o`zining hohishi bilan emlanishi ham mumkin.  

Gripp virusiga qarshi vaksina bilan 3 oylik chaqaloqlardan tortib, qariyalargacha emlanishiga ruxsat berilgan. Ushbu vaksina bilan emlanganlarda 1 yil davomida grippga deyarli chalinmaydi.  Barcha vaksina olish uchun fuqarolar xususiy emlash markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

️Gripp virusiga qarshi emlash jarayonida o`quvchilar ishtirok etmaydi. Faqatgina xohlovchi ota-onalar xususiy emlash markazlariga olib borgan holda emlatishlari mumkin.

️Har qanday vaksinani olishdan avval, emlanuvchilar birlamchi tibbiy ko`rikdan o`tishlari zarur. Birlamchi tibbiy ko`rikda bemorning gripp kasalligining birlamchi klinik belgilari bor yoki yo`qligiga qarab sog`lom shaxslargina emlanishi mumkin. Agarda emlash oluvchida yuqori istma, burundan suv oqishi, umumiy holsizlik, tananing uvishish holatlari kuzatilsa, bu vaksina bilan emlash befoyda bo`ladi.  

Koronavirusdan sog`aygan bemorlar ham ushbu vaksina orqali emlanishi mumkin. Gripp virusiga qarshi vaksina bilan emlash organizmda virusga qarshi immun tizimining kuchayishiga olib keladi. Ularga gripp kasalligi yuqqan taqdirda ham engil kechishi mumkin.  

Gripp kasalligiga chalingan bemorlarga ushbu vaksina buyurilmaydi. Sababi,  virus bilan kurashayotgan paytda ushbu vaksina organizm uchun yot bo`ladi. Gripp kasalligi bilan og`rigan bemorlarning o`zida qo`shimcha immunitet paydo bo`ladi.

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov  ma`lum qildi.  

 

    Boshqa yangiliklar